icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident nuroniylar bilan suhbatlashdi

24.09.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi «Sharq tongi» mahallasida bo‘ldi. U yerda qariyb 3 ming aholi istiqomat qiladi. Oilalar, asosan, tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi.

Davlatimiz rahbari shu mahallada yashovchi Abdunabi Abdunasimov xonadoniga kirib, yashash sharoitlari, fikrlari bilan qiziqdi.

Abdunabi ota sog‘liqni saqlash sohasida ishlab, nafaqaga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i Gulchehra aya bilan besh farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ayni paytda farzandlari, nabira va evaralari e’zozida yashamoqda.

Mehnat faxriylari oila hayoti, kechagi va  bugungi kunlar farqi haqida so‘zlab berdi. 

- Ilgari davlat, jamiyat, inson degan tamoyil bor edi. Biz endi inson, jamiyat, davlat deyapmiz. Inson qadrini birinchi o‘ringa qo‘yayapmiz. Hamma ijro organlari, iqtisodiy kompleks quyi tizimga tushib, odamlarga ko‘makchi bo‘ladi. Shu bilan birga, insonning o‘zi ham harakat qilishi, sharoitlardan unumli foydalanishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xonadondan chiqqanda nuroniylar, mahalla faollari bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatimizdagi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi o‘zgarishlar har bir shahar va tumanda sezilayotgani haqida gapirdi.

- Oxirgi yillardagi harakatlarimiz tufayli hokimliklarda mahalliy byudjet paydo bo‘ldi. Bu yo‘q edi, - dedi Prezident. - Endi mahallalarda byudjet tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Tasavvur qilinglar, o‘zining puli bo‘lsa, mahalla qanday o‘zgaradi - yo‘lini to‘g‘rilaydi, suv olib keladi, shoxobcha ochadi. Kelgusida mahallaga pul ham kiradi, talab ham boshqacha bo‘ladi.

Nuroniylar yurtimizga tinchlik, xalqimizga to‘qlik-farovonlik tilab duo qildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo