icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Shukronalik - eng ezgu qadriyat

08.10.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi Guliston mahallasida bo‘ldi.

So‘nggi yillarda bu yerda yangi uylar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, bolalar o‘yingohlari barpo qilindi. Hovlilarda yashovchilar yerdan unumli foydalanib, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanadi.

Davlatimiz rahbari shu yerlik Saydulla Mirzayev xonadoniga kirib, oilaning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Oila boshlig‘i uzoq yillar cho‘ponlik qilgan. Turmush o‘rtog‘i Hosiyat aya bilan 6 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Xonadon obod. Tomorqadagi issiqxonada limon ko‘chatlari ekilgan.

- Surxondaryo - Xudo bergan zamin. Bu yerda qishloq xo‘jaligidan bir yilda uch marta hosil olish mumkin. Shundan foydalanib, rivojlangan davlatlardan texnologiya olib kelib, mahsulotlarga bozor topishimiz kerak. Bu ham qo‘shimcha daromad, yangi ish o‘rinlari bo‘ladi, - dedi Prezident.

Saydulla ota bugungi kunda o‘g‘li tadbirkor, kelini shifokor bo‘lib ishlayotgani, nevaralari yaxshi ta’lim olayotgani, turmushiga shukr qilishini aytdi.

- Shukronalik - eng ezgu qadriyat, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Hozir yashash uchun ham, o‘qish, ishlash uchun ham hamma sharoit bor. Eng avvalo, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik bo‘lishi kerak. 

Davlatimiz rahbari Termiz shahrining Manguzar mahallasida qurilgan zamonaviy ko‘p qavatli uylarni ham ko‘zdan kechirdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo