icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Birinchi Prezidentimiz xotirlandi

30.01.2022

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

O‘z ajdodlari, fidoyilarini e’zozlagan xalq hamisha hurmatga sazovor. Afsuski, tariximizda millat yetakchilarining tirikligida ulug‘lanib, dunyodan o‘tganidan so‘ng qoralangan holatlari ham bo‘lgan. Bu ko‘p jihatdan keyingi avlodlarning vijdoni va mardligiga bog‘liq.

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari bo‘lgan birinchi kundan Islom Karimovning ezgu ishlari davom ettirilishini aytgan edi, uning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qildi, maqbarasi barpo etildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi. 

«Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovni qancha e’zozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga ma’naviyat yetkazgan bo‘lamiz», degan edi Shavkat Mirziyoyev. 

Bugungi tadbir ham shuning bir ifodasi bo‘ldi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Islom Karimovning xalqimiz manfaati yo‘lida qilgan ishlari, mardlik, odillik, kamtarinlik hislatlari yodga olindi.

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo