icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
«Bir makon, bir yo‘l» forumi boshlandi

13.05.2017

Pekin shahrida xalqaro hamkorlik bo‘yicha «Bir makon, bir yo‘l» forumi boshlandi. 

Anjumanning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.     

Asosiy tashabbuskori Xitoy bo‘lgan ushbu loyiha ikki va ko‘p tomonlama aloqalar mexanizmlarini yanada mustahkamlagan holda, xalqaro hamkorlik va taraqqiyotning yangi modellarini shakllantirish va ilgari surishni nazarda tutadi. 

Bu loyihada O‘zbekistonning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan yurtimiz davlatlararo savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda katta o‘rin tutgan. 

Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab rivojlanish tendensiyalarini davom ettirish, iqtisodiy hamkorlikning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, jalb etilgan davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti, turli sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tinchlik va barqaror rivojlanishga ko‘maklashish mazkur forumning asosiy maqsadidir. 

Bugungi kunda mamlakatimiz barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarga alohida e’tibor qaratmoqda. “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasidagi hamkorlik bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sanoat tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshib, tashqi bozorda xaridorgirligi yuksalmoqda. Buyuk ipak yo‘li yo‘nalishidagi mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi O‘zbekistonning ham iqtisodiy imkoniyatlarini rivojlantirish va namoyish etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Forumda 30 ga yaqin mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, 130 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. Anjumanda BMT Bosh kotibi, Jahon banki prezidenti va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashmoqda. 

Forumni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ochdi. Xitoy rahbari forumda ishtirok etayotgan barcha davlat rahbarlariga minnatdorlik bildirib, mazkur loyihaning ahamiyati, maqsad va vazifalar haqida so‘zladi.       

«Bir makon, bir yo‘l» har bir davlatning o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, iqtisodiy jihatdan bir-birini to‘ldirish, savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo