icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yangi korxona va bunyodkorlik loyihalari ko‘zdan kechirildi

24.02.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida ish boshlagan plastik eshik va romlar korxonasini borib ko‘rdi.

Bu loyiha uchun “Jana bazar” mahallasi hududidan 4 gektar yer ajratilib, 2 million dollarlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan. Korxona jami 270 ming kvadrat metr eshik va deraza romlari tayyorlash quvvatiga ega. Bu yerda 230 kishi ish bilan ta’minlandi. Ularning ko‘pchiligi yoshlar.

Davlatimiz rahbari korxonaning ish jarayoni, mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. 

Nukus shahriga Toshkent shahar hokimligi biriktirilgan. Hududning drayveri — oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati, turizm. Shu asosda Nukus shahrini 2022-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 1 trillion 361 milliard so‘mlik 10 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida qo‘shimcha 3 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Prezident “Jeke terek” mahallasidagi yangi turar-joy majmuasi qurilishi maydonida ham bo‘ldi. Bu yerda 5 ta 16 qavatli uy barpo etish mo‘ljallangan. Ularning bittasi hozir qurilmoqda. 

Bu majmua yangi turdagi qurilish konstruksiyasi asosida tiklanadi. Tashqi devorlar uch qoplamali bo‘lib, xonadonlarning qishda iliq, yozda salqin turishini ta’minlaydi. Uylar zamonaviy jihozlanib, tayyor holda topshiriladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo