icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Eron delegatsiyasini qabul qildi

09.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Eron Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Ali Shamxoniy davlatimiz rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston yetakchisi oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalarining sanoat kooperatsiyasi kengaymoqda. O‘tgan oyda Tehron shahrida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Yana bir qator muhim tadbirlar rejalashtirilgan.

Bugun Toshkent shahrida o‘tgan Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya birinchi yig‘ilishining amaliy natijalari ijobiy baholandi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalarida sheriklik loyihalari va dasturlarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, shu jumladan xavfi ortib borayotgan terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotiklarning noqonuniy aylanmasi tahdidlariga qarshi kurashish masalalarida samarali hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat hamda ushbu mamlakatdagi gumanitar inqirozni yengib o‘tishga zarur ko‘mak ko‘rsatish choralari yuzasidan fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo