icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasi bilan hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

23.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zbekiston hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat yetakchi korxonalari o‘rtasida sheriklik aloqalari va kooperatsiya rivojlanayotganining ilk muhim natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmi ortib, nomenklaturasi sifatli kengaymoqda, qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bugun Toshkent viloyatida yangi “Chirchiq” texnologik parki qo‘shma loyihasiga start berildi.

Gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan ta’lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

Sanoat kooperatsiyasi, axborot texnologiyalari, transport va logistika, farmatsevtika va turizm sohalarida loyihalarni yanada ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Turli darajalardagi faol muloqotlarni va “yo‘l xaritasi” asosida birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo