icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston-Turkiya strategik sherikligini kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi

29.03.2022

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisini qutlar ekan, o‘zaro hamkorlikda yuksak darajaga erishilganidan, mamlakatlarimiz parlamentlari, davlat idoralari, ishbilarmon doiralari va jamoatchiligi o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganidan mamnun ekanligini bildirdi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatlarimizning qardoshlik rishtalariga asoslangan strategik sherikligi barcha sohalarda o‘zaro ishonch va hurmat ruhida rivoj topayotganini alohida qayd etdi.

Yetakchilar joriy yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va strategik sheriklik munosabatlari yo‘lga qo‘yilganining 5 yilligi nishonlanayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Ikki mamlakat yetakchilarining rasmiy tashriflari va muntazam muloqotlari siyosiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilib, sermahsul amaliy sheriklik uchun keng imkoniyatlar ochdi.

Savdo va investitsiya sohalarida aloqalar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash 2,5 barobarga o‘sib, 3,6 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘payib, 2 mingdan ortdi. Investitsiyaviy hamkorlik ko‘rsatkichlari 70 barobarga o‘sdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tomonlar sheriklikni, shu jumladan savdo va iqtisodiyot, investitsiyalar, transport, to‘qimachilik, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlariga batafsil to‘xtaldilar.

O‘zbekistondagi islohotlar borasida hamkorlikni mustahkamlash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, fan, ta’lim, san’at, kino, turizm va axborot sohalaridagi sheriklikni chuqurlashtirishga kelishib olindi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim hujjatlar imzolanishi ta’kidlandi. Preferensial savdo to‘g‘risida, qurilish, sog‘liqni saqlash, adliya, bojxona va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar shular jumlasidan. Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategiye hamkorlik kengashi yig‘ilishi qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish rejalashtirilgan.

Hamkorlik ko‘lami kengayganini hisobga olib, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga olib chiqishga qaror qildilar.

Muzokaralar yakunida Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevga ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrif bilan kelishni taklif etdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo