icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti bilan uchrashdi

16.05.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti, Abu Dabi amiri Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirish uchun 15 may kuni tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Abu Dabi shahridagi Prezident majmuasida davlatimiz rahbari Birlashgan Arab Amirliklarining yangi saylangan Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi Amirliklar Prezidenti va do‘st xalqiga Prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning bevaqt vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Shayx Xalifa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, Prezidentimiz Shayx Muhammad Ol Nahayonni oliy davlat lavozimiga saylangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Yetakchilar O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Davlatimiz rahbari BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon hamda Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo