icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

16.05.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Sermahsul parlamentlararo muloqot, shu jumladan mintaqaviy formatda ham rivojlanib borayotgani, bu birodar xalqlarimizni yaqinlashtirishga katta hissa qo‘shayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston tomonini joriy yil 12-13-may kunlari Ashxobod shahrida xalqaro tadbirlar - Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasining birinchi Parlamentlararo forumi hamda Xotin-qizlari muloqoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi.

Ustuvor yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni ilgari surish maqsadida parlamentlar darajasida faol muloqotlarni davom ettirish va tajriba almashish muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Parlamentlararo forum ishini muntazam yo‘lga qo‘yish, Turkmaniston poytaxtida uning doimiy faoliyat yuritadigan kotibiyatini tuzish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Xalqaro kun tartibi yuzasidan, mintaqaviy hamkorlikni davom ettirish va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi samarali sheriklikni rivojlantirish, shu jumladan Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo