icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining kengaytirilgan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

02.06.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning muzokaralari ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

O‘zbekiston rahbari ko‘p qirrali hamkorlikdagi ulkan muvaffaqiyatlarni katta mamnuniyat bilan qayd etib, Tojikiston bizning yaqin qo‘shnimiz, sodiq do‘stimiz, davr sinovidan o‘tgan ishonchli strategik sherigimiz ekanini ta’kidladi.

Prezidentimiz o‘zaro manfaatli va har tomonlama hamkorlikni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatli yo‘lida bundan buyon ham mustahkamlashga tayyorligini bildirdi. 

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Tovar ayirboshlash qariyb 40 barobarga ko‘payib, 600 million dollarga yetdi. Qo‘shma korxonalar soni 10 karra oshdi. 

Kuni kecha o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumning muvaffaqiyatli natijalari – 1 milliard dollarlik yangi bitim va shartnomalar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Transport, hududlararo hamkorlik, parlamentlararo va madaniy-gumanitar aloqalar borasida ham muhim natijalarga erishildi.

Ikki davlat poytaxtlari Toshkent va Dushanbe shaharlari, Surxondaryo va Xatlon viloyatlari hamda Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va So‘g‘d viloyatlari o‘rtasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tashrif doirasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni Jizzax va So‘g‘d viloyatlari ham qabul qiladilar. 

Prezidentlar birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik ustuvor ahamiyatga ega ekanini, savdo hajmi va nomenklaturasini karrasiga oshirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladilar.

Mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, charm, farmatsevtika, oziq-ovqat, agrosanoat, tog‘-kon, metallurgiya va boshqa tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirish uchun katta istiqbollar borligi qayd etildi.

O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi salohiyatini faol ishga solish orqali hududlararo va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish dolzarbligi ko‘rsatib o‘tildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi. Prezidentlar fan, ta’lim, san’at, kino va turizm sohalaridagi hamkorlikka e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar. Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va ma’naviyatini yuksaltirish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Yetakchilarning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha tarixiy qarori qo‘yilgan maqsadlarga erishishda muhim omil bo‘ladi.

Ta’kidlanganidek, Tojikiston Prezidentining diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladigan joriy yilda o‘tayotgan ushbu tashrifi birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari mustahkamligining yorqin tasdig‘idir.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo