icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi

02.10.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya tomonining taklifiga binoan 3-4-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Ikki mamlakat yetakchilarining o‘tgan yil mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bo‘lajak sammit davlatimiz rahbarining javob tashrifi ekanini ta’kidlash joiz.

Tashrif doirasida Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalin Novak va Bosh vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston-Vengriya sammitining kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, farmatsevtika, agrosanoat majmui, mashinasozlik, suvni tejash va boshqa yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo