icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
“Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga narxlar shakllanishini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

29.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

“Jeneral Motors O‘zbekiston” AJning ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlariga narxlar shakllanish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AKning 2017-yilning 1-iyunidan boshlab “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJning barcha avtomobil modellarini ichki bozorda milliy valyuta – so‘mga sotishga o‘tish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 

2. “O‘zavtosanoat” AK: 

2017-yilning 1-iyunigacha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yengil avtomobillar yetkazib berish va to‘lovlarni qabul qilish, shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy shartlar va belgilangan muddatlarda to‘lovlarni xalqaro plastik kartochkalari orqali amalga oshirishni; 

tashqi bozorlarni va eksport qilinayotgan mahsulotlar turlarini yanada diversifikatsiyalash, tashqi bozorlardagi o‘rnimizni mustahkamlash hisobiga eksport hajmini ko‘paytirishni; 

yangi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirishni; 

butlovchi qism va uzellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy xomashyo va materiallarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish hisobiga importning ulushini kamaytirish va mahsulotlar tannarxini pasaytirishni ta’minlasin. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur qarorni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilsin. 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2017-yil 26-may

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo