icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

18.11.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini samarali tashkil etish, o‘rmon xo‘jaligida boshqaruvni maqbullashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Daraxtzorlar havo tozaligini ta’minlaydigan, yurtga ko‘rk bag‘ishlaydigan boylikdir. Bunday hududlarni ko‘paytirish maqsadida o‘tgan yili davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilingan edi. Uning doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilandi. Yurtimizdagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirildi.

O‘tgan qisqa vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 535 gektar daraxtzor, 638 gektar “yashil jamoat parklari” tashkil etildi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilib, zarur texnikalar bilan ta’minlandi.

Yurtimizdagi ekologik vaziyat va bajarilgan ishlar tahlili bu harakatni yanada kengaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, atmosfera havosi turli kimyoviy moddalar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. Ko‘chatlar ekish va parvarishlash jarayonlarida hokimliklar bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining vazifalari aniq taqsimlanmagan.

Shu bois ushbu tadbirlarga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini yagona mas’ul tashkilot etib belgilash taklif etilmoqda. “Yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish, daraxtlarni parvarishlash va ularni 3 yil davomida saqlash “Yashil hudud” korxonasi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, daraxtlar ekiladigan yer maydonlarini aniqlash va loyihalashtirish, ko‘chatxonalarni ko‘paytirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, o‘rmon xo‘jaliklari uchun maxsus texnikalar sotib olish choralari nazarda tutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu ishlarning mamlakatimiz ekologiyasi va xalqimiz salomatligidagi ahamiyatini ta’kidlab, chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo