icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

24.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar, qardosh Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, yil boshidan tovar ayirboshlash 50 foizga oshdi. Turli yo‘nalishlarda, shu jumladan energetika sohasida, avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish, paxta-to‘qimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil etish, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma investitsiya fondi tashkil etilmoqda.

Davlat rahbarlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo shartnomalari va uzoq muddatli investitsiya bitimlarining portfelini kengaytirish muhimligini qayd etdilar.

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi hamkorlik loyihalarining amalga oshirilishini tezlashtirish choralarini kelishish uchun Boku shahrida bo‘lib turgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo