icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini keng qamrovli strategik sheriklik ruhida yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

27.01.2023

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Sadir Japarov ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi – keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiquvchi Deklaratsiyaga imzo chekdilar.

Davlat rahbarlari huzurida davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo va hududlararo hujjatlar almashildi. Jami 25 ta hujjat imzolangan, shu jumladan:

- O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almashish to‘g‘risida bayonnoma;

- Qirg‘iz Respublikasida avtomobil va tijorat texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Strategik savdo-iqtisodiy sheriklik to‘g‘risida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan dastur;

- Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Fuqarolarning o‘zaro borib-kelishlari to‘g‘risidagi bitimga Bayonnoma;

- Chegaraoldi viloyatlar rahbarlari kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandumga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Bayonnoma.

Vazirlik va idoralar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, energetika, bojxona, sanoatning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish, innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, shuningdek, Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash rejasi imzolandi.

Shuningdek, Jizzax va Issiq-ko‘l, Andijon va O‘sh, Farg‘ona va Botken, Namangan va Jalol-obod viloyatlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturlar imzolandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo