icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Inflyatsiya darajasini pasaytirish choralari muhokama qilindi

07.02.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda inflyatsiya darajasini pasaytirish choralari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ma’lumki, inflyatsiya faqatgina makroiqtisodiy ko‘rsatkich emas, aholi daromadi va turmush tarziga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. 2022-yil yakuni bilan yurtimizda inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan edi. Barcha iqtisodiy mexanizmlarni qo‘llab, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 10 foizdan pastga tushirish maqsad qilinmoqda.

Buning uchun iste’mol tovarlari, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularni “daladan dasturxongacha” yetkazib berishdagi xarajatlarni qisqartirib, arzon bo‘lishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish uchun aholiga ajratilgan jami 200 ming gektar yerdan unumli foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish uchun hududlar salohiyatidan kelib chiqib, har bir tuman va shahar bo‘yicha alohida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Aholi daromadlarini oshirishda ularning bo‘sh pul mablag‘larini moliya bozoriga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Bu borada yaratilayotgan qulayliklar o‘z natijasini bermoqda. Jumladan, oxirgi uch yilda aholining bankdagi omonatlari 2 baravarga oshdi.

Lekin, bu yo‘nalishda hali imkoniyatlar ko‘p. Shu bois yig‘ilishda aholi uchun jozibador moliyaviy xizmatlar turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo