icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari Toshkentdagi “INNOPROM” ko‘rgazmasining samarali yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar

26.04.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo munosabatlari sur’atini ta’minlash va yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari  ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat yetakchilari shu kunlarda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ushbu tadbirda 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakili ishtirok etmoqda.

Suhbat chog‘ida avtomobilsozlik, temir yo‘l transporti, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Sanoat ipotekasi, klasterlar, industrial rivojlanish jamg‘armasi kabi vositalarni rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribani o‘rganishdan manfaatdorlik bildirildi.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiya bo‘yicha bo‘lajak referendumning Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilishiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Rossiya Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo