icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud keng imkoniyatlarni qayd etdi

05.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik masalalari va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo‘yicha vazir-delegati Olive Besht boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mamlakatimizda Fransiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surish va jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida vazir Olive Besht Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.

Davlatimiz rahbari bugun kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda “Medef” harakati ishbilarmonlar missiyasi joriy yil aprel oyida mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

“Yashil” iqtisodiyot, qazib chiqarish tarmog‘i, turizm infratuzilmasi va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan strategik loyihalar izchil borayotgani qayd etildi.

Fransiya kompaniyalarida shaharsozlik, transport, to‘qimachilik sanoati, yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qiziqishi ortib bormoqda.

O‘zbekiston yetakchisi O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasini ta’sis etish va ishbilarmonlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish borasidagi rejalarni qo‘llab-quvvatladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo