icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti YEXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

03.07.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bo‘lajak prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari YXHT bilan konstruktiv muloqot, faol almashinuvlar, ochiq va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Byuro ekspertlari milliy saylov tizimini modernizatsiya qilishda, shu jumladan mamlakatimiz Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

YXHT DIIHB missiyasi joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Konstitutsiya bo‘yicha referendumni kuzatishda ham qatnashgan edi.

Uchrashuvda umumxalq ovoz berish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkazishning turli jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

DIIHB missiyasi rahbari Ursula Gachek Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatimizda shaffof va adolatli saylov o‘tkazish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qayd etildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo