icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan faol parlamentlararo hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladi

13.07.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyul kuni Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Fuat Oktay O‘zbekiston yetakchisiga uning Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi munosabati bilan qardosh Turkiya Prezidenti va xalqining samimiy tabriklarini yetkazdi.

Turkiya tomoni O‘zbekiston Prezidentining aholi farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan pragmatik siyosatini yuksak baholashi va to‘liq qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

Muzokaralar chog‘ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish hamda oliy darajada qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari parlamentlararo hamkorlik guruhlarini tashkil etish va tegishli “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni olqishladi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini oshirish va aviaqatnovlarni ko‘paytirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini ilgari surish, qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashgan choralar ko‘rilishi muhim ekani ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo