icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti bilan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi

24.07.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini aniq amaliy  mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.

Yetakchilar ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish, jumladan, qo‘shma ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish, yoshlarni keng jalb qilgan holda madaniy va sport tadbirlarini uyushtirish muhimligi haqida yakdil fikr bildirdilar.

Mintaqaviy sheriklik, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahat uchrashuvlari va Orolni qutqarish xalqaro fondi doirasidagi hamkorlikka oid masalalar ham ko‘rib chiqildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo