icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Bunyodkorlik loyihalari haqida axborot berildi

07.08.2023

Davlat rahbariga Toshkent shahridagi bunyodkorlik loyihalarining borishi haqida axborot berildi.

So‘nggi yillarda poytaxtimiz ulkan bunyodkorlik maydoniga aylandi. Ko‘plab turar joylar, ishbilarmonlik markazlari, korxonalar, xiyobonlar barpo etildi. Endi urbanizatsiya jarayonlarida uzoqni o‘ylab, qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshirilmoqda.

Ulardan eng muhimlari – Olimpiya shaharchasi va Yangi Toshkent loyihalaridir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 9-noyabr kuni Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uning maydoni 100 gektar bo‘lib, 10 ming o‘rinli yengil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta ochiq sport inshootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakurash, jamoaviy sport majmualari barpo etiladi. Bu yerda 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.

Loyiha dunyoning 70 ta mamlakatida sport inshootlari qurgan Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qurilishga mingdan ziyod ishchi va muhandislar, ilg‘or texnikalar jalb qilingan. Hozirgi kunga qadar 7 ta asosiy binoning yer osti ishlari to‘liq bajarilgan. Navbatdagi bosqichlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Ushbu hudud yaqinida yana bir shahar – Yangi Toshkent qurilishi rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari joriy yil 18-mart kuni unga tamal toshi qo‘ygan edi. Loyihaning birinchi bosqichida 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, davlat idoralari uchun ma’muriy binolar, bog‘lar, ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar barpo etiladi.

Taqdimotda shu boradagi dastlabki ishlar haqida axborot berildi. Bugungi kunda shaharni loyihalashtirish va qurilishni muvofiqlashtirish uchun direksiya tuzilgan. Hudud chegaralari tasdiqlanib, Kadastr agentligi bilan inventarizatsiya qilingan. Infratuzilma va me’moriy yechimlarning turli bosqichlari bo‘yicha Singapur, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Turkiya kompaniyalari va mahalliy tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzilgan.

Xususan, Singapurning “Meinhardt group” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada ijtimoiy soha obyektlari joylashuvi, transport tarmoqlari va ularni poytaxtimiz bilan bog‘lovchi yo‘llarga alohida e’tibor qaratilgan.

Taqdimotda, shuningdek, Islom sivilizatsiya markazining ichki me’moriy qiyofasi haqida ham ma’lumot berildi. Markazdan o‘rin oladigan muzeyda mutafakkir bobolarimizning ilmiy merosi, ular yashagan davr muhiti aks ettiriladi.

Davlatimiz rahbari loyihalarni o‘z vaqtida, sifatli barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo