icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Akril tola - Yangi O‘zbekistonda yangi yo‘nalish

10.08.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Siyovush tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bu joy ilgari unumsiz, bo‘sh turgan maydon edi. Tadbirkorlarga sharoit yaratish maqsadida hudud “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasiga kiritilib, zarur infratuzilma tortilgach, bu yerda sanoat vujudga keldi.

Xususan, “Siyovush tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 36 million dollarlik loyihasi o‘tgan oyda ishga tushdi. Unda yiliga 40 ming tonna akril ip-kalava yigirish quvvati va 600 ta ish o‘rni yaratildi.

- Bu Yangi O‘zbekistondagi yangi yo‘nalish, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Yurtimizda to‘qimachilik sanoati rivojlanyapti. Agar korxonalar qo‘shilgan qiymat yaratib, daromadini oshiraman desa, qisman akril ishlatishiga to‘g‘ri keladi. Undan tayyorlangan mahsulot qiymati 5 barobar oshadi. Bu - manfaatdorlik, barqarorlik, odamlarga ish o‘rni, degani. Shuning uchun davlat paxtani qayta ishlashga qancha ko‘makdosh bo‘lgan bo‘lsa, endi sun’iy tola ishlab chiqarishga ham shunday yordam beradi.

Hozirgi korxona loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, ayni paytda xorijlik hamkorlar bilan korxona faoliyatini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, keyingi bosqichda akril tola hamda undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish to‘liq mahalliylashtiriladi. Jami ish o‘rni soni 1 ming 200 taga yetadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo