icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Maqsadimiz - har bir yoshga munosib sharoit yaratish

24.08.2023

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi.

Konstitutsiyamizda O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilandi. Bu boradagi eng muhim sohalardan biri ta’limdir. Shu maqsadda yangi muassasalar qurish bilan birga ta’limning mazmunini yaxshilashga ham e’tibor qaratilmoqda.

32-maktab joriy yilda kapital ta’mirlandi. U 782 o‘quvchiga mo‘ljallangan. 22 ta sinfxona, sport zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Kutubxonada 1 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotlar jamlangan.

Ma’lumki, yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab ta’limidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Maktabning bo‘sh turgan yer maydonida yengil konstruksiyalardan qo‘shimcha xonalar qurilib, 15 xil kasb-hunar uchun sharoit tashkil etilgan. Ularda o‘quvchilar kompyuter, texnik xizmat ko‘rsatish, to‘quvchilik, sartaroshlik, kosmetologiya, kulolchilik, o‘ymakorlikning ilk saboqlarini o‘rganadi.

Prezidentimiz ushbu xonalarni kirib ko‘rdi, yozgi to‘garakka kelgan bolalar bilan suhbatlashdi.

- Biz oliy ta’limda qamrovni kengaytirib boryapmiz. Lekin hamma ham universitetda o‘qishni tanlamaydi. Shuning uchun farzandlarimizga maktabdayoq chet tillari va hunarlar o‘rgatishni maqsad qilganmiz. Kimning kichkina bo‘lsayam qo‘lida kasbi bo‘lsa, kuni o‘tadi. Keyin yana o‘z ustida ishlab, mahoratini oshirishi ham mumkin. Maqsadimiz - har bir yoshga munosib sharoit yaratish, - dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda o‘qituvchilar va mehnat faxriylari bilan muloqot qildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo