icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

13.09.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu boradagi istiqbollar belgilanib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingida TOP-30 talikka kirish vazifasi qo‘yildi.

Ma’lumki, bu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi xalqaro indeksdir. Uning ahamiyatli jihati, aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda unda O‘zbekistonning o‘rni izchil ko‘tarilib, o‘tgan yili 69-pog‘onada qayd etilgan.

Reytingda yuqori 30 ta mamlakat qatoriga kirish uchun xorijlik ekspertlar ishtirokida, xalqaro metodologiya asosida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 53 ta tadbirdan iborat “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda onlayn xizmatlar bo‘yicha 112 ta ko‘rsatkichni yaxshilash, 2024-yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushirish va barchasini my.gov.uz ga jamlash, aholi maskanlari va avtomagistral yo‘llarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Bu jarayonlarni ilmiy-huquqiy ta’minlash, hamkorlar bilan ishlab, kamchiliklarni bartaraf etib borish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha komissiyasi huzurida Loyiha ofisi tashkil etilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilashni asoslash topshirildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo