icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti AQSH biznesining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini muhokama qildi

19.09.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrifi doirasida 18-sentabr kuni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda “GE HealthCare”, “Oppenheimer”, “Cerberus”, “CNH” va “Cintana” korporatsiyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston yetakchisi uchrashuv ishtirokchilarini Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tashkil etilganining 30 yilligi bilan tabriklab, ushbu tuzilma ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Joriy yil 15-sentabr kuni Vashington shahrida AQSHning 250 dan ortiq kompaniya va banklari vakillari ishtirokida o‘tgan qo‘shma biznes forumining samarali yakunlari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Palata raisi Kerolin Lemm davlatimiz rahbariga Amerika biznesining mamlakatimizga qiziqishi va ishonchi oshishiga xizmat qilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini amalga oshirishdagi siyosiy yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirdi. Keyingi bir necha yilda palata tarkibiga AQSHning yirik kompaniyalari kirgani, ularning umumiy soni 50 taga yetgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda AQSH biznesining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish borasidagi aniq rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini qabul qilishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo