icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi yakunlandi

08.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifini yakunladi va Toshkentga jo‘nab ketdi. 

Aeroportda oliy martabali mehmonni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning dolzarb masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara o‘tkazdi.

Tashrif arafasida va davomida qator muhim tadbirlar, jumladan, hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishi, O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo konferensiyasi, uchinchi Hududlararo hamkorlik forumi, Butunrossiya ko‘ragazma markazida “O‘zbekiston” pavilonining ochilishi, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiya kichik komissiyalarining yig‘ilishlari va boshqalar bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Rossiya va Qozog‘iston Prezidentlari bilan birga Rossiyadan mamlakatimizga gaz yetkazishni boshlash marosimida ishtirok etdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo