icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi

24.10.2023

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Kommunal tarmoqlar qayta ko‘rib chiqilib, issiqlik korxonalari modernizatsiya qilinmoqda.  

 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan markaziy qozonxonasini borib ko‘rdi.

Ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon o‘rnatildi. Buning evaziga yiliga 1,7 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratildi.

Markaz qurilishi jarayonida hududga olti kilometr qoplamali quvur tortildi. Issiqlik tarmoqlari yopiq tizimga o‘tkazildi va yo‘qotishlardan himoya qilindi.

Ushbu majmuaning foydalanishga topshirilishi 38 ta ko‘p qavatli uydagi bir yarim mingdan ziyod xonadon hamda uchta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik bilan ta’minlaydi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga qishga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarib, energiya va issiqlik ta’minoti barqaror qilish, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu majmua joylashgan Navo mahallasini ham ko‘zdan kechirib o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo