icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident mahallalardagi obodlik va qishga tayyorgarlikni ko‘rdi

18.11.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Habib Abdullayev mahallasida bo‘ldi.

Bu mahallada 4 ming 400 nafardan ziyod aholi yashaydi. Hududda ellikka yaqin savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 38 ta ko‘p qavatli uy va to‘rtta ijtimoiy obyektga “Madaniyatli hudud” boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi.

Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Joriy yilda otalar choyxonasi, amfiteatr, “Wi-Fi” hudud barpo etildi, ichki yo‘llar va bolalar maydonchalari ta’mirlandi.

Mas’ullarning e’tibori, aholining hamjihatligi sabab hududning manzarasi tubdan o‘zgardi. “Yashil makon” loyihasi doirasida shu kuzda 2 ming tupdan ortiq manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi. Ikkita artizan quduq qazilib, yashil maydonlarni sug‘orish tizimi yaratildi.

Davlatimiz rahbari shu yerda tuman faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi. Ular o‘z mahallalari obod bo‘lgani, energiya tarmoqlari ta’mirlanib, qishga puxta tayyorgarlik ko‘rilganini aytishdi.

Prezident energiyani tejash, xonadonlardagi issiqlikni asrash, har bir insonda bunga daxldorlikni shakllantirish zarurligini ta’kidladi.

- Dunyodagi iqlim o‘zgarishlari bizdan uzoqda, deb bo‘lmaydi. O‘tgan yilgi sovuq buni ko‘rsatdi. Endi iqlim o‘zgarishini inobatga olib, dunyoqarashimizni ham o‘zgartirishimiz kerak. Har bir fuqaro «bu mening uyim, mening mahallam, mening tumanim, mening Vatanim» deb yashasa, natija biz kutgandek bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu mahallada ham qish oldidan o‘nta transformator ta’mirlandi, elektr simlari almashtirildi. Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklar kapital ta’mirlandi, yangi eshiklar o‘rnatildi. Uylarning yerto‘lasidagi issiqlik quvurlari yangilandi.

Davlatimiz rahbariga Chilonzor tumaniga tashrif chog‘ida berilgan topshiriqlarga muvofiq qishga ko‘rilgan tayyorgarlik haqida axborot berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo