icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildilar

21.11.2023

21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Turli hamkorlik formatlarida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda Janubiy Koreyaning bank-moliya institutlari bilan yangi sheriklik dasturini shakllantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Qo‘shma Hukumatlararo qo‘mita yig‘ilishini joriy yil oxirigacha o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo