icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

02.01.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-yanvar kuni mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shinlarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi, boshqaruv organlari, birlashmalar, qo‘shilma va qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan mudofaa vazirining hisoboti tinglandi.

2016-yildan boshlab milliy armiyamizni isloh qilish, Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilmasini va dislokatsiya tizimini takomillashtirish, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika namunalari bilan jihozlash, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi va shayligi, kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

O‘tgan davrda bo‘linmalarning texnik va zaxira ta’minoti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqildi, autsorsing xizmatlari va harbiy klasterlar tizimi joriy qilindi. Mudofaa sanoati majmuasi korxonalari faol rivojlantirilmoqda, ayrim turdagi qurol-yarog‘ va texnika turlarini ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishni mahallliylashtirish boshlandi.

Hisobot davrida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallalarda 24 mingdan ortiq tadbir o‘tkazildi, “Jasorat maktablari”dagi o‘quv yig‘inlariga 5 ming nafardan ziyod yoshlar jalb qilindi.

Harbiy shaharchalarda “temir daftar”ga kirgan oilalarning farzandlari uchun fan, sport va san’at turlari bo‘yicha to‘garak va seksiyalar tashkil etish, ularni brigada komandirlari va harbiy okrug qo‘mondonlariga biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Jami 580 dan ortiq tezkor-jangovar tayyorgarlik tadbirlari o‘tkazildi, ularda Qurolli Kuchlarning 35 mingdan ziyod harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik samaradorligi, harbiy xizmatchilarning professionalligi, jangovar ruhi va psixologik shayligi sezilarli darajada oshdi.

Harbiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatida harbiy kadrlarni ilg‘or texnologiyalar asosida tayyorlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi.

Bundan tashqari, harbiy sohani raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Qo‘shinlarni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, aloqa tizimlari takomillashtirilmoqda.

Yig‘ilishda milliy armiyani zamonaviy qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk bilan ta’minlash, harbiy sanoat majmuini takomillashtirish ishlarini davom ettirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

14-yanvar kuni nishonlanadigan Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini yuksak saviyada tayyorlash va o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari tomonidan Qurolli Kuchlar faoliyatini yanada takomillashtirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini yuksaltirish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo