icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdi

21.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

“Qozon Ekspo” xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.

Ishtirokchilar e’tiboriga “Kelajak o‘yinlari” dasturiga kirgan sport turlari haqida videolavha va teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi taqdim etildi.

Davlatimiz rahbari ishtirokchilarga omad tilab, 2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

Marosimdan so‘ng oliy martabali mehmonlar maxsus ko‘rgazma bilan tanishdilar. Virtual makondagi bellashuvlar va an’anaviy sportni o‘zida mujassam etgan “fijital-sport” konsepsiyasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yetakchilar kibersport musobaqalarini, fijital-futbol bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdilar, sportdagi yangi yo‘nalishning bugungi rivoji va istiqbollari haqida hikoya qiluvchi tasviriy san’at namunalari va taqdimotlar bilan tanishdilar.

“Kelajak o‘yinlari” – bellashuvlar bir vaqtning o‘zida sportning an’anaviy turlari va ularning raqamli muqobillarida o‘tkaziladigan yuqori texnologik musobaqadir. U joriy yilning 21-fevral kunidan 3-mart kuniga qadar davom etadi.

Turnirda 100 dan ortiq mamlakatdan qariyb 300 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Yurtdoshlarimiz fijital-xokkey, virtual velopoyga, sport dasturlash kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo