icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Jaloliddin Manguberdi izdoshlarining kamolot maskani

01.03.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyni borib ko‘rdi.

Ta’lim muassasasi 2023-2024-o‘quv yilidan faoliyat boshlagan. 300 o‘rinli zamonaviy binoda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular bu yerda aniq fanlar yo‘nalishida ikki yil ta’lim oladi.

O‘quv xonalari eng so‘nggi rusumdagi multimedia va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan. Litsey axborot-resurs markazida 7 mingdan ortiq o‘quv va badiiy kitoblar, 11 mingdan ortiq elektron adabiyotlar bor. U viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarmog‘iga ulangan.

Shuningdek, bu yerda Jaloliddin Manguberdi muzeyi, yopiq turdagi sport zal hamda ochiq maydondagi sport shaharchasi, saf maydoni, oshxona va yotoqxona mavjud.
O‘quvchilar darsdan tashqari o‘ndan ortiq fan, axborot texnologiyalari, ijodiy to‘garaklar hamda sport mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Bepul kiyim-kechak, to‘rt mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari muassasa, bu yerdagi ta’lim jarayonlari bilan tanishdi. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Jaloliddin Manguberdining vatanparvarligi, jasorati yosh avlod uchun ibrat ekanligi ta’kidlandi.

- Bu yerda aniq fanlar o‘qitilishi yaxshi. Shu bilan birga, dars jarayonlarida vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, qadriyatlarimizni ham o‘rgatish lozim. Shunday bo‘lishi kerakki, milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Harbiy-jangovar qudrat, yuksak ma’naviy salohiyat yurt himoyachilarining muhim tayanchi ekaniga urg‘u berildi.
Litsey Urganch davlat universiteti hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti bilan hamkorlik o‘rnatgan. Shuningdek, Urganch shahridagi 3-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu tashabbusni boshqa maktablar bilan ham keng ko‘lamda tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuning bilan Xorazm viloyatiga tashrif yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo