icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish rejalari ko‘rib chiqildi

05.03.2024

Avtotransport vositlarini ro‘yxatga olish va diagnostika markaziga tashrif chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahridagi gavjum chorrahalar va ko‘chalarni tartibga solish, bu orqali tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimot qilindi.

Loyiha o‘z oldiga uchta asosiy vazifa qo‘ygan - piyodalar xavfsizligi va qulayligi, jamoat transportiga ustuvorlik, o‘tkazish qobiliyatini oshirish va yo‘l transport hodisalari sonini kamaytirish.

Mazkur loyiha sinov tariqasida Toshkent shahridagi yirik chorrahada — Bobur va Furqat ko‘chalari kesishmasida amalga oshirildi.

Piyodalar uchun chorrahada “xavfsizlik orolchalari” bunyod etildi, piyodalar o‘tish joyida svetoforni boshqarish uskunalari o‘rnatildi. Jamoat transporti bekatlari yo‘lovchilar uchun tushib chiqishga qulay tarzda qayta loyihalashtirildi.

Shuningdek, chorrahaga davomiyligi oqimga qarab moslashadigan intellektual svetoforlar tizimi tashkil etildi.

Bu kabi loyihalar natijasida chorrahalarning o‘tkazish qobiliyati sezilarli darajada oshib, tirbandliklar kamayadi, jamoat transporti yanada samarali bo‘ladi.

Prezidentimiz bu ishlarni kengaytirish, “shahar – piyodalar uchun” tamoyilini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo