icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yo‘lovchi vagonlari va sohadagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi

19.03.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodini borib ko‘rdi.

Mamlakatimizda temir yo‘l transporti rivojlanib, qatnovlar soni ko‘paymoqda. Bu vagonlarga bo‘lgan talabni ham oshiradi. Mazkur zavodda 16 turdagi yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqariladi va ta’mirlanadi. 

O‘tgan yili korxonada 32 ta yo‘lovchi vagoni tayyorlanib, 319 tasi ta’mirlangan. Muhimi, kooperatsiya orqali ehtiyot qismlarning 70 foizi mahalliylashtirilgan.

Umuman, avvalgi yillarda 300 dan ziyod yo‘lovchi va texnik xizmat vagonlari ishlab chiqarilib, 50 dan oshig‘i eksportga yuborilgan. Bundan tashqari, 112 ta metropoliten vagonlari modernizatsiya qilingan.

Ular 28 yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan va xalqaro talablarga to‘liq javob beradi, yo‘lovchilar uchun har tomonlama qulay, yuqori sifat va xavfsizlikka ega. 

Vagonlarda isitish va sovutish tizimlari, havo aylanishi yanada yaxshilangan. Suv isitish uskunasi ham elektr energiyasida, ham ko‘mirda ishlashga mo‘ljallangan. Yo‘lovchilarni toza va salqin ichimlik suvi bilan ta’minlash, telefon quvvatini to‘ldirish uchun maxsus moslamalar o‘rnatilgan. Bu yerda 619 nafar muhandis-ishchi mehnat qilmoqda.

Prezidentimiz vagonlarga chiqib ko‘rdi. Ularning dizaynini o‘zgartirish, yo‘lovchilarga qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi. Elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirib, aholi ko‘p tumanlarga olib borish, sohaning alohida generatsiya quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Joriy yilda yana yuzlab vagonlarni qurish va ta’mirlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, kon-metalurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish, keng kupeli yangi turlarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. 

Shu yerda zavodda rejalashtirilayotgan yangi yo‘nalish – elektr va metropoliten poyezdlari loyihasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yiladigan tezyurar poyezd haqida axborot berildi. Prezidentimiz bu haqda 2022-yilda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilish marosimida aytgan edi. Bu uchun Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasidan yuqori tezlikdagi elektropoyezd olib kelinishi mo‘ljallangan. 7 vagonga ega elektropoyezd 351 ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi. Soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo