icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Temir yo‘l sohasidagi loyihalar ko‘rib chiqildi

06.05.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizning geografik joylashuvi, rivojlangan sanoati va iqtisodiyotida temir yo‘l transporti muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda O‘zbekiston temir yo‘llari katta rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Zamonaviy infratuzilmaga ega, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga mos yaxlit temir yo‘l tizimi barpo etildi.

Umuman, mustaqillik davrida 2 ming 400 kilometrdan ko‘proq yangi temir yo‘llar qurilib, foydalanishga topshirildi, 3 ming kilometrdan ziyodi elektrlashtirildi. Yurtimiz temir yo‘l sohasi o‘zining og‘ir mashinasozlik va quyuv-metallurgiya sanoatiga ham ega bo‘ldi. Bugun bu tarmoq o‘lkamizning barcha hudud va mintaqalarini ishonchli va samarali bog‘lab kelmoqda.

Bular orqali O‘zbekiston zamonaviy transport kommunikatsiyalari va yuksak tranzit salohiyatiga ega bo‘lgan davlat sifatida Sharq va G‘arb, Janub va Shimolni o‘zaro bog‘laydigan xalqaro temir yo‘llarning muhim halqasiga aylandi. Davlatimizning faol investitsiya siyosati, biznes uchun jozibador sharoitlari uning savdo yo‘llari kesishadigan chorraha sifatidagi ahamiyatini yanada oshirdi.

Shu bois bu sohadagi qurilish va modernizatsiya ishlarini izchil davom ettirish muhim. Taqdimotda shu boradagi loyihalar muhokama qilindi.

Avvalo, transport-logistika salohiyatini yanada kengaytirish va undan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarga qulayliklarni va eksport imkoniyatlarini oshirish uchun transport yo‘laklarini izchil diversifikatsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida transmintaqaviy aloqalarning muhim tarkibiy qismi bo‘ladigan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi. Ekspertlarning fikricha, bu transport yo‘lagi nafaqat uchta davlat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.

Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi transport yo‘laklarini yaratishga doir jarayonlar bo‘yicha axborot berildi.

Davlatimiz rahbari shu bilan birga aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirib, aeroportlarni xalqaro tranzit xabiga aylantirish, zamonaviy avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo