icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari bilan zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

15.05.2024

15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari – Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Vladimir Voronkov davlatimiz rahbariga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekistonning BMT institutlari va tuzilmalari bilan, eng avvalo, terrorizm va boshqa transmilliy xatar va tahdidlarga qarshi kurash sohasidagi amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani uchun mamlakatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Vladimir Voronkov Mintaqaviy ekspertlar kengashini tashkil etish tashabbusi amalga oshirilgani uchun O‘zbekiston tomoniga alohida minnatdorlik bildirdi. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu noyob mexanizmning birinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli yakunlangani ta’kidlandi.

BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekistonning mojarolar hududlaridan fuqarolarni qaytarish, ularni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta integratsiya qilish, jumladan, bunda mahalla institutining keng imkoniyatlari va salohiyatidan foydalanish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

O‘zbekiston va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan yangilangan "yo‘l xaritasi" imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalarining buzg‘unchi ta’siridan himoya qilish, kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirish va BMT institutlarida yosh mutaxassislar uchun stajirovkalar tashkil etishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘oniston masalasi yuzasidan fikr almashildi. Bu mamlakatdagi vaziyatga xalqaro e’tiborni kuchaytirish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo