icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida

18.07.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, №PQ-3138, 18 iyul 2017 yil

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olib:

1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

2. Dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Respublika ishchi guruhi (A.N.Aripov):

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning yuqori saviyada va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib borsin.

4. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturda ko‘rsatilgan tadbirlarning yuqori saviyada va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

5. O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalariga Dastur tadbirlarining amalga oshirilishini muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi K.K.Kuranbayev zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi
          Prezidenti                                              Sh. Mirziyoyev

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo