icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qurilish va transport loyihalari taqdimot qilindi

16.06.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda izchil oshgan investitsiyaviy jozibadorlik tufayli poytaxtimizda bunyodkorlik sur’ati jadal. Ko‘p qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, madaniyat va sport majmualari shahar imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Yangi Toshkent qurilishi ham boshlanib, ikkisi zamonaviy megapolisga aylanmoqda.

Uzoq yillar xizmat qiladigan bunday ishlarda, albatta, sifat juda muhim. 13-may kuni shu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Davlatimiz rahbari qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

Bugungi taqdimotda shu borada bajarilgan ishlar haqida axborot berildi. Topshiriqqa binoan, yangi loyihalashtirilayotgan ko‘p qavatli binolarning xavfsizlik talablariga mosligi qayta o‘rganib chiqilgan. “O‘zGASHKLITI”, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya kabi 10 ga yaqin tashkilotning ilmiy-texnik xulosalari olingan. Yangi talabga ko‘ra, ko‘p qavatli binolarning zilzilaga bardoshliligi 9 balldan kam bo‘lmaydi. Har bir shunday loyiha bo‘yicha yig‘ma xulosalar qilinadi.

Osmono‘par inshootlar, yangi majmualar ko‘paygani sari ularga barqaror elektr energiyasi ham zarur. Shu bois Chilonzor tumanida 160 megavattli yangi podstansiya qurilishi rejalashtirilgan. Bu orqali shu hududdagi bo‘lajak loyihalar uchun qo‘shimcha quvvat paydo bo‘ladi, hozirgi tarmoqlarga yuklama tushmaydi.

Shuningdek, ushbu tumanda 20 ming metr kub sig‘imga ega suv rezervuari barpo etilishi mo‘ljallangan. Natijada Shayxontoxur, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti uzluksizligi ta’minlanadi. Kuniga qariyb 8 ming kilovatt soat elektr tejaladi.

Toshkent shahri ko‘plab ishbilarmonlik tadbirlari, forum va ko‘rgazmalarga mezbonlik qilmoqda. Shunday joylardan biri Central Asian Expo Uzbekistan – CAEx majmuasi. Xalqaro anjumanlar doirasida turli uchrashuvlar ham o‘tkazilishini inobatga olib, bu yerda muzokara zallari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shahar jozibadorligining yana bir muhim omili – qulay jamoat transporti. Poytaxtimizda ham avtobus, ham metropoliten yo‘nalishlari izchil kengaytirib borilmoqda.

Avval xabar qilinganidek, metropolitenni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Buni 2 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Birinchi bosqichda Chilonzor yo‘lining Pushkin bekatidan Toshkent halqa yo‘ligacha yer yuzasi bo‘ylab metro yo‘li quriladi. Ikkinchi bosqichda u yerdan Toshkent traktor zavodi dahasining shoh bekatigacha yerosti yo‘li barpo etiladi.

Shuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur temir yo‘lni Toshkent halqa yo‘li ostidan o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Yerosti yo‘nalishi ham ko‘chadagi harakatni to‘xtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yo‘li 85 ming yo‘lovchini qamrab olishi kutilmoqda.

Bu sohadagi yana bir istiqbolli loyiha – Yangi Toshkent shahriga metro yo‘lidir. U hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab ololadi.

Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo