
25.08.2025
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Samarqand xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik majmuasini borib ko‘rdi.
Oliy martabali mehmon xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy san’atini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarni tomosha qildi. Raqs jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.
Bu yerda xalqimizning buyuk o‘tmishi ramzlari to‘plangan, tarixiy shaharlarimizdagi diqqatga sazovor joylarining nusxalari barpo etilgan. Milliy an’analarimiz bilan birga do‘st xalqlar bilan aloqalar tarixi ham aks ettirilgan.
Bunday ma’no-mazmun, tarix va bugungi kun uyg‘unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston-Iordaniya sammitining asosiy tadbirlari, shu jumladan oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.