icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Iordaniyaning oliy nishoni - "An-Nahda" ordeni bilan mukofotlandi

26.08.2025

Iordaniya Podshohining davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning "An-Nahda" ("Renessans") ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu mamlakatning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi.

- Ushbu mukofotni ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning munosib e’tirofi, shuningdek, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va hurmat ifodasi sifatida katta mamnuniyat bilan qabul qilaman, - dedi Prezidentimiz.

Iordaniya Podshohining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi va samarali muzokaralar natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yangi sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Yetakchilar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga kelishib oldilar.

Davlatimiz rahbari Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Iordaniyaning jadal rivojlanishiga, mamlakatning tinchliksevar tashqi siyosatini amalga oshirishga, xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi va ta’siri yuksalishiga qo‘shgan hissasini alohida qayd etdi.

Prezidentimiz ushbu yuksak mukofot O‘zbekiston va Iordaniya xalqlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi sifatida munosib o‘rin egallashini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida Podshoh Abdulla II ibn al-Husaynga mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Iordaniya xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo