icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Yevropa Ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

27.11.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro sherikliklar boʻyicha komissari Yozef Sikela hamda Kengayish masalalari boʻyicha komissari Marta Kos boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni joriy yil oktabr oyida Bryusselga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yevropa Ittifoqi vakillari Oʻzbekiston Prezidentiga Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning samimiy salomlarini yetkazdi.

Oʻzbekiston yetakchisi yevrokomissarlarni Toshkentda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” uchinchi iqtisodiy forumi va Transkaspiy transport yoʻlagi va oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha investorlar forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani hamda yakunda mintaqaviy miqyosdagi bir qator yangi qoʻshma loyihalar ishga tushirilgani bilan tabrikladi.

Oʻzbekiston – Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, ikki va koʻp tomonlama hamkorlikning yangi keng qamrovli kun tartibi shakllangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bu yil Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (KShHB) imzolandi, Samarqand va Bryusselda sammitlar boʻlib oʻtdi, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi yuzasidan Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar yakunlandi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 7 foizga oʻsdi. KShHBning amaliyotga joriy etilishi savdo hajmi va investitsiyalar oqimining sezilarli darajada oshishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Savdoni kengaytirish va diversifikatsiya qilish uchun hamkorlikning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sanoat kooperatsiyasi, transport, raqamlashtirish, muhim minerallar, energetika, sogʻliqni saqlash va boshqa ustuvor sohalarda hamda yangi qoʻshma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo