icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Eksportni koʻpaytirish va tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi

01.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni eksport salohiyatini oshirish va tadbirkorlarning davlat xizmatlaridan foydalanishini soddalashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Oʻzbekiston 2030-yilga qadar eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilib qoʻygan. Mazkur koʻrsatkichga erishish uchun anʼanaviy bozorlar bilan cheklanmasdan yuqori marjali yangi bozorlarga chiqish zarur.

Bu borada tashqi bozorlardagi yetakchi isteʼmol segmentlari va yuqori talabga ega mahsulotlar boʻyicha chuqur tahlil olib borildi. Natijada qurilish materiallari, yengil sanoat, elektrotexnika, oziq-ovqat, maishiy kimyo, mashinasozlik va metallarga oid yoʻnalishlarda eksportni yanada oshirish uchun mamlakatimizda katta zaxira hamda imkoniyat borligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan taqdimotda istiqbolli bozor hisoblangan mamlakatlar bilan imtiyozli savdoni yoʻlga qoʻyish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni faollashtirib, eksport-import hajmi oʻsishiga mos ravishda chegara oʻtkazish punktlari infratuzilmasi va quvvatini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilar mahsulotlarimizning tashqi bozorlarda egallagan oʻrni, talab yuqori boʻlgan tovar turlari, xorijiy sheriklar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari hamda eksportni diversifikatsiya qilish boʻyicha bajarilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Mavjud salohiyatdan toʻliq foydalanish, yangi bozorlarni ochish va tashqi savdo mexanizmlarini soddalashtirish topshirildi.

Bugungi kunda 81 ta davlat idorasi tomonidan tadbirkorlarga 739 turdagi xizmatlar koʻrsatilmoqda.

Lekin 576 turdagi xizmatlar tarqoq holda koʻrsatilgani uchun tadbirkorlar hujjat yigʻib, idorama-idora sarson boʻlayotgani koʻrsatib oʻtildi. Masalan, goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 17 ta bosqichdan oʻtish, 10 ta idoraga borish kerak.

Shu bilan birga, buxgalteriya, soliq, eksport va sertifikatlash boʻyicha konsalting xizmati koʻrsatadigan yagona xususiy servis maydoni mavjud emas. Bunday xizmatlarni banklar, sugʻurta kompaniyalari, birja, brokerlar va logistika operatorlari, biznes taʼlimi va trening dasturlari bilan integratsiya qilish mumkin.

Taqdimotda tadbirkorlar uchun barcha davlat va xususiy xizmatlarni bir joyga jamlaydigan “Biznes hamroh” markazlarini ochish taklif qilindi.

Rejaga koʻra, Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan markazlarda barcha davlat va xususiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida bir joyda, yagona elektron platforma orqali koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi. Tadbirkorlarning murojaatlariga tun-u kun javob beradigan “koll-markaz” ham tashkil etiladi.

Prezidentimiz taklifni maʼqullab, markaz tadbirkorlik subyektini tashkil etishdan tortib, faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tayyor mahsulotlarni sotish va eksport qilishgacha boʻlgan barcha sohalarni qamrab olishi zarurligini taʼkidladi. Mutasaddilarga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo