icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya bilan taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalarida strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

20.12.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Matsumoto Yoxey, Yaponiya fanni ilgari surish jamiyati prezidenti Sugino Suyosi hamda Yaponiyaning Sukuba, Nagoya, Tottori universitetlari, Tokio qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar universiteti, Nagoya iqtisodiyot universiteti kabi yetakchi oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Yaponiya “iqtisodiy moʻjizasi”ning asosini tashkil etuvchi taʼlim, fan va inson kapitalini rivojlantirishga investitsiyalar Oʻzbekiston – Yaponiya hamkorligining strategik yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya uzoq yillar davomida fanga sarflanadigan xarajatlar va ilmiy patentlar soni boʻyicha yetakchilar safida turishini qayd etdi. Mamlakat koʻplab atoqli olimlarni, xususan, fizika, kimyo va tibbiyot sohalarida Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirib chiqardi.

Yaponiya maktab taʼlimi modeli tabiiy fanlar va matematika boʻyicha kuchli tayanch bazasi mavjudligi, dars oʻtishning yuqori sifati, mehnatsevarlik, jamoa boʻlib ishlash va intizom madaniyati bilan ajralib turadi. Nufuzli yapon diplomlari, ayniqsa, muhandislik, robototexnika, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida butun dunyoda yuksak qadrlanadi. Yaponiyada taʼlim va fan bilan sanoat va biznes oʻrtasida yaqin va mustahkam aloqalar oʻrnatilgani alohida eʼtiborga loyiq.

Bugungi kunda 2,8 mingdan ortiq oʻzbekistonlik talaba Yaponiyaning yetakchi taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda. Birgina JDS stipendiya dasturi boʻyicha 440 dan ziyod davlat xizmatchilari Yaponiyada oʻqitildi.

Rektorlar forumi oʻzaro aloqalar uchun samarali maydonga aylandi. Oktabr oyida Samarqandda ikki mamlakatning qariyb 50 ta universiteti rektorlari ishtirok etgan beshinchi forum muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda taʼlim va fanni rivojlantirishga mamlakatni jadal modernizatsiya qilish, uning raqobatbardoshligi hamda global intellektual va texnologik makonga integratsiyalashuvini taʼminlashning asosi sifatida qaralishini taʼkidladi. Soʻnggi 7-8 yil ichida bu sohada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Biroq hal qilinishi kerak boʻlgan vazifalar ham koʻp.

Ilm-fanni tizimli transformatsiya qilish doirasida yangi avlod tadqiqotchilarini shakllantirish, soha faoliyatini klaster modeli asosida tashkil etish, muhim ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha resurslarni jamlash kabi ustuvor yoʻnalishlar belgilangan.

Bugungi uchrashuvda qatnashgan Yaponiya universitetlari mamlakatimiz uchun eng dolzarb boʻlgan sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, qishloq va suv xoʻjaligi, “yashil” energiya va barqaror rivojlanish, seysmologiya va “aqlli shahar” texnologiyalari kabi sohalar boʻyicha mustahkam ilmiy-tadqiqot infratuzilmasiga va yuqori ilmiy hamda pedagogik salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston universitetlari bilan yaqin hamkorlik boshlangan. Kuni kecha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qizgʻin muzokaralar boʻlib oʻtdi va yangi kelishuvlarga erishildi.

Hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun taʼlim va fan boʻyicha qoʻshma komissiya, innovatsiyalar boʻyicha konsorsium tashkil etish, flagman loyihalar, shu jumladan o‘quv jarayoniga SIni joriy etish loyihalarini amalga oshirish hamda muhandislik mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv dasturini ishga tushirish taklif qilindi.

Tadbir doirasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, Sukuba universiteti bilan birgalikda Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisidagi memorandum hamda ilmiy hamkorlik va kadrlar tayyorlash sohalarida bir qator boshqa hujjatlar imzolandi.

Erishilgan kelishuvlarni tizimli va oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash uchun “yoʻl xaritasi” qabul qilinadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo