icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga olib chiqdilar

20.12.2025

Tokioda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Davlatlararo hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yaponiya Bosh vaziri davlatimiz rahbarini samimiy qutlar ekan, ushbu tashrifni har doimgidek yuksak ishonch va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston – Yaponiya munosabatlari tarixidagi muhim voqea deb atadi.

Diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan buyon oʻtgan 33 yil davomida Yaponiya Oʻzbekistonning yaqin doʻsti, asosiy texnologik va investitsiyaviy sherigi boʻlib, respublikada zamonaviy sanoat va energetika infratuzilmasini yaratish hamda inson resurslarini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda.

Tovar ayirboshlash, investitsiyalar hajmi va Yaponiya sarmoyasi ishtirokidagi qoʻshma korxonalar sonining barqaror oʻsayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Energetika, geologiya, turizm, infratuzilmani rivojlantirish, AT va boshqa ustuvor sohalarda muhim loyihalarni amalga oshirib kelayotgan “Sojitz”, “Toyota Tsusho”, “Sumitomo”, “Itochu”, “Kyoto Plaza”, “Balcom”, “Shikoku Electric” kabi yetakchi yapon kompaniyalari Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) bilan qoʻshma loyihalar portfeli energetika, neft-kimyo, transport, taʼlim va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarni qamrab olgan.

Muzokaralarda parlamentlardagi “doʻstlik guruhlari”, iqtisodiy hamkorlik qoʻmitalari, ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha tarmoq uchrashuvlari va boshqa hamkorlik shakllarini faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari Yaponiya bilan strategik sheriklikni rivojlantirishning bir qator asosiy yoʻnalishlarini qayd etdi. “Yashil” energetika va sanoatda uglerod chiqarishni kamaytirish, axborot texnologiyalari, oʻta muhim minerallar, mashinasozlik sohasidagi hamkorlik, sogʻliqni saqlash va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish shular jumlasidan.

Mazkur sammitga tayyorgarlik doirasida qiymati 12 milliard dollardan ortiq boʻlgan kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli shakllantirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu loyihalarni ilgari surish uchun qoʻshma investitsiya platformasini yaratish taklif qilindi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyatida Yaponiya modeli va standartlariga asoslangan maxsus iqtisodiy zonani barpo etish rejalari eʼlon qilindi.

Yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Bir qishloq – bitta mahsulot” dasturining koʻlamini kengaytirish taklifi qoʻllab-quvvatlandi.

Shuningdek, oʻzaro savdo hajmini koʻpaytirish imkoniyatlari va yoʻllari, hududlararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Kelgusi yili Samarqandda ikki mamlakat hududlarining birinchi forumini oʻtkazish taklif qilindi.

Gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasi anʼanaviy ravishda ushbu koʻp qirrali munosabatlarning muhim qismi sanaladi.

Yoshlarga kelgusida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallashiga keng imkoniyatlar taqdim etayotgan Oʻzbekiston – Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekistondagi 7 ta oliy taʼlim muassasasida yapon tili oʻqitilmoqda. Tokio chet tillar universitetida mana 10 yildirki, oʻzbek tili oʻrganilmoqda.

Rektorlar forumi kadrlar tayyorlash sohasida tajriba almashish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilmoqda. Bugun Yaponiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Hamkorlik dasturlari, ilmiy va innovatsion almashinuvlarni kengaytirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Sukuba universiteti bilan birgalikda Toshkent shahrida birinchi Oʻzbekiston – Yaponiya universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Madaniy va sayyohlik aloqalarini kengaytirish maqsadida madaniyat kunlari, koʻrgazmalar, yoshlar forumlari, kinofestivallarni muntazam oʻtkazib borish taklif qilindi. Tashrif arafasida Yaponiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 35 yilligi munosabati bilan 2027-yilda ikki mamlakatda Madaniyat yillari oʻzaro oʻtkaziladi.

Muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yakunda Oʻzbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladilar. Ushbu hujjat, shubhasiz, munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarishi va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochishi taʼkidlandi.

Tashrif doirasida taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, suv resurslari, transport, shaharsozlik, turizm, qishloq xoʻjaligi, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohalarida salmoqli kelishuvlar toʻplami qabul qilindi. Ushbu hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo