icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Sport sohasidagi ishlar sarhisobi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

20.01.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, yirik musobaqalar natijalari hamda 2026-yil uchun mo‘ljallangan vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Qayd etilganidek, sportda yaxlit tizim yaratilgani oʻzining amaliy natijalarini bera boshladi.

Aholining ommaviy sport bilan qamrovi 15 million nafarga yetdi, sport bilan doimiy shugʻullanuvchilarning soni soʻnggi yillarda qariyb 1,5 barobarga oshdi.

Oʻtgan yili yoshlarimiz jahon universiadasida 13-oʻrin, Bahrayndagi Yoshlar oʻyinlari va Saudiya Arabistonidagi Islom birdamligi musobaqasida 2-oʻrin, BAAdagi Yoshlar Paraosiyo oʻyinlarida 1-oʻrinni egalladi.

Futbol boʻyicha milliy terma jamoamiz ilk bor jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi, joriy yil shaxmatchimiz Javohir Sindarov esa “Jahon toji” uchun nomzodlar turnirida ishtirok etadi.

Shu bilan birga, bu natijalar bilan cheklanib qolmaslik, mavjud imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlardan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Ayrim sport turlari boʻyicha natijalar hali mavjud infratuzilma va salohiyatga toʻliq mos kelmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Eng avvalo, ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilarning sonini yaqin istiqbolda 17 million nafarga yetkazish zarurligi qayd etildi.

Xalqaro sport oʻyinlari va Olimpiadalar uchun munosib zaxira yaratish maqsadida tashkil etilgan Prezident Olimpiadasi orqali ochiq va shaffof seleksiya tizimini yoʻlga qoʻyishni davom ettirish muhim ekani koʻrsatib oʻtildi.

Birinchi musobaqada 103 ming nafar sportchi ishtirok etdi, final bosqichida 11 ta sport turi boʻyicha 3 mingdan ortiq sportchi 135 ta oltin, 134 ta kumush va 227 ta bronza medali uchun bellashdi.

Endilikda musobaqalarni yiliga 2 marta oʻtkazish va hududlarda 13-14 yosh toifasida tashkil etish, sport turlarining sonini bosqichma-bosqich 20 taga yetkazish topshirildi.

Shuningdek, oʻtgan yili Olimpiya shaharchasi va Milliy futbol markazi foydalanishga topshirilgani sport sohasida muhim tarixiy voqea sifatida qayd etildi. Hozirgi kunda Olimpiya shaharchasiga 17 ta olimpiya sport federatsiyasi va boshqa sport tashkilotlari koʻchib oʻtgan. Endi ushbu majmualar oʻzbek sportining milliy timsoli va yagona klasteriga aylanishi lozimligi taʼkidlandi.

Sport sohasini yanada rivojlantirishda ilmiy yondashuvni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, yuqori sport natijalariga erishish nafaqat infratuzilma va musobaqalar, balki sport fanining barcha yoʻnalishlarini tizimli rivojlantirish bilan bevosita bogʻliq.

Bu borada sport farmakologiyasi, diyetologiya, funksional va jismoniy tayyorgarlik, reabilitatsiya hamda yuklamalarni individual rejalashtirish boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish vazifalari belgilandi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, sport sohasidagi ilgʻor ishlanmalar va soʻnggi tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, milliy va xalqaro darajada ilmiy anjumanlar va konferensiyalar oʻtkazish orqali tajriba almashinuvini kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Shu bilan birga, sport sohasini rivojlantirishga xususiy sektor va investorlarni keng jalb etish, sport infratuzilmasi, tayyorgarlik markazlari va sport xizmatlari bozorida investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash kerakligi aytildi.

Yoshlarni ommaviy sportga jalb etishda sport maktablarining mahallalargacha kirib borishini taʼminlash, iqtidorli yoshlarni erta aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash tizimini mustahkamlash zarurligi alohida qayd etildi.

Joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro sport tadbirlari haqida axborot berildi.

Xususan, Butunjahon suzish federatsiyasi Ijroiya byurosi yigʻilishi, Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) yigʻilishi va xalqaro forum, shuningdek, Osiyo olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasiga mezbonlik qilish rejalashtirilgani qayd etildi.

Osiyo olimpiya kengashi 1982-yilda tashkil etilgan boʻlib, Osiyo qitʼasida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi va 45 mamlakat milliy olimpiya qoʻmitasi unga aʼzo hisoblanadi. Bosh assambleya doirasida Osiyo olimpiya harakatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda kengash prezidenti lavozimiga saylov oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Mazkur tadbirlarda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo olimpiya kengashi, WADA, xalqaro sport federatsiyalari rahbarlari hamda boshqa nufuzli sport tashkilotlari vakillari ishtirok etishi, jami 360 nafardan ortiq xorijiy mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu tadbirlarni yuksak saviyada oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrish boʻyicha topshiriq berdi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston kurash sport turlari boʻyicha mintaqada ham, jahon miqyosida ham barqaror va kuchli pozitsiyani egallamoqda. Endilikda bu sportni yanada ommalashtirish uchun Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi tashkil etilishi belgilandi.

Shuningdek, joriy yildan boshlab Prezident kubogi, “Oʻzbekiston botirlari” turniri, Bosh prokuror kubogi, harbiy xizmatchilar oʻrtasida kurash sport musobaqalari doimiy oʻtkazib boriladi. 2026-yilda hududlarda qurilayotgan maktablarda milliy kurash bilan birga yunon-rum, erkin va ayollar kurashi boʻyicha sportchilarni tayyorlash boshlanadi. Yil yakuniga qadar har bir tuman va shaharda kamida bittadan maktabda kurash sporti klublari ochiladi.

Davlatimiz rahbariga joriy yil Italiyada boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki boʻyicha ham axborot berildi.

Prezidentimiz belgilangan vazifalarni toʻliq va sifatli bajarish, sportni ommalashtirish hamda xalqaro maydonda barqaror natijalarga erishishni taʼminlash boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo