icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi ishtirokchilarini qutladi

26.01.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etdi.

Tadbirda yetakchi xalqaro va mintaqaviy sport tashkilotlari rahbarlari va vakillari, jumladan, Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Qatar Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy, Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Vitold Banka, Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari Vatanabe, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud, “World Boxing” tashkiloti prezidenti Gennadiy Golovkin, Xalqaro chim ustida xokkey federatsiyasi prezidenti Muhammad Tayyab Ikrom, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Rashid, Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov, Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi bosh kotibi Gunilla Lindberg va Afrika Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi prezidenti Mustafo Berraf ham qatnashdi.

Shuningdek, assambleya ishida maxsus mehmonlar va rasmiylar, xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli, Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Mixail Degtyaryov, Saudiya Arabistoni Podshohligi sport vaziri Abdulaziz bin Turkiy Ol Saud, Qatar yoshlar va sport vaziri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy hamda boshqalar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida tobora kuchayib borayotgan global ziddiyatlarga qaramay, sport davlatlar va xalqlar oʻrtasidagi muloqot, oʻzaro anglashuv hamda hamkorlikni mustahkamlashning universal vositasi sifatida oʻrin tutishini alohida taʼkidladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniyni Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti etib saylangani bilan qutlab, uning yuksak darajadagi kasbiy mahorati, salmoqli xalqaro tajribasi va nafaqat Osiyo qitʼasi, balki butun dunyoda sport rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini taʼkidlab oʻtdi.

Oʻzbekistonning Osiyo Olimpiya kengashi bilan koʻp qirrali hamkorligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Kengash Ijroiya qoʻmitasining 77-sessiyasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani, respublikamiz vakili Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezident etib saylangani va 2029-yilgi Yoshlar Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun Oʻzbekiston tanlangani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Yangi Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida ham soʻz yuritdi.

Uch bosqichli “Prezident Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalari tizimi yoʻlga qoʻyildi, zamonaviy sport infratuzilmasi, xususan, Olimpiya shaharchasi barpo etildi, yuqori malakali sportchilarni saralash va tayyorlash tizimi kengaytirilmoqda.

Xalqaro maydondagi yuksak natijalar, jumladan, 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilarining muvaffaqiyatli ishtirok etgani hamda yurtimizda ommaviy sport rivojlanib, bugungi kunda 15 milliondan ortiq aholi muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanayotgani qayd etildi.

Xalqaro va Osiyo sport tashkilotlari Oʻzbekiston milliy sport federatsiyalari bilan 20 dan ortiq bitimlar imzolagani taʼkidlandi.

Xususan, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida Akbar Joʻrayev nomidagi ogʻir atletika sport klubini zamonaviy ilmiy yondashuv asosida rivojlantirishga koʻmaklashadi, Birlashgan kurash dunyosi tashkiloti Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasini tashkil etadi. Osiyo voleybol konfederatsiyasi har bir viloyatda 1 tadan voleybol boʻyicha sport klubini bunyod etsa, Chim ustida xokkey xalqaro federatsiyasining texnik koʻmagida 2 ta stadion quriladi.

Oʻzbekistonning halol sport tamoyiliga amal qilish va dopingga qarshi kurashning qatʼiy tarafdori boʻlib qolishi qayd etildi.

Bu borada Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkilotlarining yigʻilishi va xalqaro forum oʻtkazilayotgani muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari Yangi Oʻzbekiston barcha davlatlar bilan sport sohasida koʻp qirrali va uzoq muddatli hamkorlik uchun ochiqligini tasdiqlab, sport diplomatiyasini rivojlantirish hamda qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishga tayyorligini taʼkidladi.

Tadbir yakunida Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy olimpiya harakatini rivojlantirish, muhim sport tashabbuslarini ilgari surishga qoʻshayotgan alohida hissasi uchun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo