icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Pokistonning harbiy sanoati salohiyati bilan tanishdi

05.02.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga kelgach, “Global sanoat va mudofaa yechimlari” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Mudofaa kuchlari Bosh qoʻmondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy jihatlari muhokama qilindi.

Harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, bugungi kunda xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki mamlakatning yetakchi mudofaa sanoati korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini faollashtirish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini kengaytirish, tajriba almashish va qoʻshma oʻquv tadbirlarini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Transport va logistika sohasida istiqbolli infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ham kun tartibida bo‘ldi.

Harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi”ni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston Prezidenti uchrashuv yakunida “Global sanoat va mudofaa yechimlari” kompaniyasining ishlanmalari, jumladan, Pokistonning zamonaviy harbiy texnikasi va qurol-yarogʻ namunalari bilan tanishdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo