20.03.2026
Butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlgan, ruhiy poklik, mustahkam imon, mehr-oqibat, rahm-shafqat, birodarlik va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan Ramazon oyi hamda muborak Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yirik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Tabriknomalarda koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga tinchlik, totuvlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilib, mamlakatimiz bilan doʻstona munosabatlar va oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga intilish qatʼiy ekani bildirilgan.
Xususan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon;
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy;
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso al-Xalifa;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Liviya Davlati Prezident kengashi rahbari Muhammad Yunus al-Manfi;
Afgʻoniston Bosh vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund;
Komor orollari Ittifoqi Prezidenti Gʻazaliy Usmoniy;
Isroil Davlati Prezidenti Isxak Gersog;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Holid al-Ananiy;
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev;
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Ularbek Sharsheyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malik;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;
Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda,
Al-Azhar majmuasi rahbari Ahmad at-Toyib.
Tabriklar kelishda davom etmoqda.


